IMG 8753

2023-yil 28-noyabrdan 30-noyabrga qadar Huawei kompaniyasi ishtirokida « Yuksalish » Umummilliy harakatining navbatdagi « Bir million daraxt » ekoaksiyasi bo’lib o’tmoqda. Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha mazkur aksiya « Yashil makon » milliy loyihasiga bag’ishlangan bo’lib, O’zbekiston yozuvchilar va shoirlar davlat bog’i (Adiblar xiyoboni), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida (RBIMM) va Toshkentdagi uchta maktabda o’tkazilmoqda.

IMG 8754

28-noyabr kuni « Yuksalish » Umummilliy harakati va Huawei kompaniyasi xodimlari ishtirokida Adiblar xiyoboni hududida « Bir million daraxt » daraxt ko’chatlari ekish loyihasi doirasida eko-tadbir o’tkazildi. Ajratib berilgan hududga Botanika bog’i mutaxassislarining tavsiyalari asosida tanlab olingan hamda iqlim shart-sharoitiga chidamli qarag’ay, shumtol, chinor kabi daraxt turlari ekildi.

Publicité

IMG 8755

29 va 30-noyabr kunlari aksiya Respublika bolalar ijtimoiy molashuvi markazida, shuningdek, poytaxtimizdagi uchta umumtaʼlim maktablari (297-sonli, 312 va 2-sonli maktablar) davom etdi. Ekish uchun maydonlarni tanlashda obyektlarning ijtimoiy ahamiyati, tuproq sharoiti, sug’orish tizimi, shuningdek, daraxtlarni keyinchalik parvarish qilish shart-sharoitlari inobatga olingan. 2020-Yildan beri Huawei o’zining L’Ouzbékistan vert. tashabbusi doirasida « yashil » loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Mazkur tashabbus o’zida atrof-muhitni qo’llab-quvvatlash hamda tabiiy resurslarni saqlash uchun innovation « yashil » texnologiyalarni joriy etishni, shuningdek, obodonlashtirish bo’yicha ijtimoiy tadbirlarni o’zaro birlashtiradi. O’tgan yillar davomida « Yuksalish » bilan hamkorlikda Toshkent xalqaro taʼlim universiteti, «Ne stlik » Bog’i, Bo’stonliq tumanidaMilliy bolalar tibbiyot markazi, shuningdek, poytaxtimizdagi maktablar hududlarida ko’chatlar ekildi.

IMG 8756

Yashil texnologiyalar va ekologik harakatlarga eʼtibor qaratishdan tashqari, Huawei raqamli texnologiyalar hisobidan ekologik qiymat yaratishga qiziqqan yosh isteʼdod sohiblarini ham qo’llab-quvvatlaydi. Sentyabr oyida Huawei Tech4Good mintaqaviy tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan Techno Mind jamoasi safidagi o’zbekistonlik talabalar Talent and Green Summit da ishtirok etishga taklif qilindi. Ushbu sammit joriy yilning 5-dekabrida Huawei kompaniyasining COP-28 iqlim konferensiyasidagi tadbirlari doirasida Dubayda (BAA) bo’lib o’tadi. O’zbekiston jamoasi o’zining Aquatibia loyihasi – qishloq xo’jaligi uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda suv va tuproqdagi tuz va og’ir metallar miqdorini kamaytirish uchun innovatsion suvni filtrlash tizimini taqdim etadi.

Reklama huquqi asosida.

->Google Actualités

4.9/5 - (32 votes)
Publicité
Article précédentQu’est-il arrivé à Fortnite Mobile sur iOS et Android ?
Article suivantElden Ring pourrait bientôt recevoir du nouveau contenu, à en juger par les récentes mises à jour en coulisses

LAISSER UN COMMENTAIRE

S'il vous plaît entrez votre commentaire!
S'il vous plaît entrez votre nom ici